"Real" muxlislari uchun "Borussiya M" bilan o'yin oldidan xushxabar

7 dek 2020, 02:26
Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos jarohatidan forig' bo'ldi.

Marca xabarida takidlanishicha, 34 yoshli ispaniyalik himoyachi umumiy guruh mashg'ulotlariga hech qanday cheklovlarsiz qatnashmoqda. U Chempionlar Ligasi guruh bosqich 6-turi doirasidagi "Borussiya" (Myonxengladbax) bilan o'yinda ishtirok etishga tayyor.

Ma'lumot uchun, "Real Madrid" 9 dekabr kuni nemis klubini qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca