"Real" Mbappega 6 yillik shartnoma va 40 million evrolik maosh taklif qildi (Nikolo Skira)

Alisher
6 okt 2021, 07:06
"Real" kelasi yozda hujumchi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolamoqchi.

Futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi va u Madrid klubiga erkin agent maqomida o'tishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, "Real" allaqachon dastlabki shartnomani jo'natdi. Mbappega 6 yillik shartnoma va 40 million evrolik maosh taklif qilinmoqda.

Futbolchining o'zi ochiqchasiga PSJ bilan shartnomasini uzaytirmasligini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira