"Real" Mbappe bo'yicha yangi shartnoma tayyorlamoqda. PSJ futbolchi uchun 215 million evro talab qilmoqda

Alisher
30 avg 2021, 12:50
"Real" PSJ hujumchisi Kilian Mbappening xaridi bo'yicha yangi shartnoma tayyorlamoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, PSJ transfyerdan kamida 215 million evro ishlab olmoqchi.

Madrid klubi futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishdi. Unga ko'ra, Kilian ispan grandi bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolaydi va yiliga 35 million evro maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, forvardning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira