"Real Madrid" kelgusida Mbappe bilan shartnoma imzolamaydi hamda 2024-yilgacha Xoland haqida o'ylamaydi

Оқил Абдубарноев
17 okt 2022, 19:47
"Real Madrid" yaqin orada Kilian Mbappe yoki Erling Xolandni sotib olmaydi.

Manbaning xabariga ko'ra, Madrid klubi PSJ forvardi va "Manchester Siti" hujumchisining transferlari ustida ishlamoqchi emas.

Mbappening o'tishiga nafaqat uning transferi uchun sarflanishi kerak bo'lgan mablag', balki fransiyalik futbolchining xatti-harakati ham to'siq bo'lmoqda. "Real Madrid" rahbariyati Kilian PSJda qolish qaroridan afsusda ekanligini va bu haqda madridliklarni allaqachon xabardor qilganini aytdi. Biroq "Real Madrid" hujumchi uchun harakat qilmaydi.

Qolaversa, klub jamoaning kiyinish xonasidagi sog'lom muhitni buzmoqchi emas. Shu sabablarga ko'ra, "Real" Mbappeni transfer qilishdan bosh tortdi.

Xoland borasida "Real Madrid" kutish va kuzatish poziciyasida turibdi. 2024-yilning yoziga qadar klub norvegiyalik hujumchining transferi haqida o'ylamaydi.

"Real Madrid" hozirda yosh markaziy hujumchi qidirmoqda. Bundan tashqari, klub akademiya futbolchilari Iker Bravo va Alvaro Xinesning rivojlanishini kuzatib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca