"Real" La Ligada chempion bo'lgani uchun London klubiga katta miqdorda bonus to'laydi

17 iyul 2020, 19:38
"Chelsi" Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionatida g'alaba qozongani bois mukofot pullariga ega bo'ladi, deya xabar qildi ESPN.

Gap shundaki, "aristokratlar" Eden Azarning transfer shartnomasiga shunday band kiritishga muvaffaq bo'lishgan. Unga ko'ra "Qirollik klubi" "Chelsi"ga 11-16 million evro miqdorida bonus to'lashi kerak. 

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli belgiyalik futbolchi "qaymoqranglilar" tarkibiga o'tgan yilning yozida kelib qo'shilgandi. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN