"Real" Keyn uchun ikki futbolchisidan voz kechmoqchi

Tolibjon Qosimov
23 fev 2018, 20:59
"Real" jamoasi rahbariyati yaqinlashib kelayotgan yozda "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni sotib olishni rejalashtirmoqda.

"Don Balon" nashri xabariga ko'ra, Maurisio Pochettino va "shporlar" rahbariyati hujumchini 200 mln evroga baholamoqda. Biroq madridliklar Keynning narxini pasaytirish uchun ikki futbolchisidan voz kechmoqchi.

So'nggi 4 oyda bir marta gol urgan Karim Benzema hamda yarim himoyachi Mateo Kovachichlar Keynning "Real"ga o'tishi uchun "Tottenxem"ga berib yuborilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: donbalon.com