"Real" Kamavinga uchun 30+ mln evro taklif qildi. Xavbek 2022 yilda tekinga emas, hozir o'tishni xohlamoqda

Alisher
31 avg 2021, 07:51
"Real" "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinganing xaridiga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Madrid klubi 18 yoshli xavbek uchun 30 million evrodan biroz ko'proq taklif qildi, shuningbek bonuslar ham ko'zda tutilgan.

Futbolchining o'zi hozir "Renn"dan ketmoqchi, bir yildan so'ng erkin agent maqomida emas.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Kamavinga APL klublarini taklifini rad etgan, uning maqsadi faqatgina Ispaniyada o'ynash.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano