“Real” Ispaniya Superkubogi-2023 uchun qaydnomasini e'lon qildi. Chuameni, Alaba ro'yxatda yo'q

Eldor Akmurzayev
10 yanv 2023, 10:00
11 yanvar kuni Saudiya Arabistonida 4 ta jamoa o'rtasida Ispaniya Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi.

“Real” yarim finalda “Valensiya” bilan (11 yanvar, 23:59), “Barselona” esa bu bosqichda “Betis” bilan (12 yanvar, 23:59) bahs yuritadi.

Karlo Anchelotti mini-turnir uchun qaydnomani e'lon qildi. Orelen Tchuameni va David Alaba jarohatlari tufayli ro'yxatga kiritilmadi.

Darvozabonlar – Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Luis Lopes.

Himoyachilar – Daniel Karvaxal, Eder Militao, Xesus Valexo, Nacho, Alvaro Odriosola, Lukas Vaskes, Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi.

Yarim himoyachilar – Toni Kroos, Luka Modrich, Eduardo Kamavinga, Federiko Valverde, Daniel Sebalos, Mario Martin.

Hujumchilar – Eden Azar, Karim Benzema, Marko Asensio, Vinisius Junior, Rodrigo, Mariano Dias.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: realmadrid.com