"Real" Iskoga shartnoma taklif qildi, ammo futbolchi ikkilanyapti

Aslanov Jasurbek
22 noya 2016, 13:59
"Real" rahbariyati va murabbiylar shtabi yarim himoyachi Isko bilan xayrlashmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" futbolchiga shartnomani uzaytirishni taklif qildi. Ammo Isko kelishuvni uzaytirishga ikkilanyapti, chunki ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi. Bitimning moliyaviy tomoniga keladigan bo'lsak, bu Isko uchun katta ahamiyatga ega emas. Futbolchi ayni damda hech narsaga izoh berishni istamayapti.

Isko joriy mavsumda LaLiganing 9 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

Isko va "Real" o'rtasidagi shartnoma 2018 yilning iyunida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser