"Real" Iskoga ishonch bildirmayapti

Sherzod Nurmatov
2 noya 2021, 21:55
"Real Madrid" endilikda ispaniyalik yarim himoyachi Isko Alarkonga umid bog'lamaydi.

Xorxe Pikon takidlaganidek, Isko 25 sentyabrdan beri "Real Madrid" safida maydonga tushmadi.

U ushbu mavsumda atigi 166 daqiqa o'ynadi va Anchelotti uchun yarim himoyadagi so'nggi tanlovdir.

Shu bilan birga, "Calciomercato" nashrining xabar berishicha, "Milan" Iskoni sotib olish fikridan voz kechgan.

Eslatib o'tamiz, Iskoning "Real" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigachaamal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS