"Real" futbolchisiga bir yo'la 5 top-jamoa kurashmoqda

Mirjalol Normatov
27 iyun 2018, 13:44
"Real" yarim himoyachisi Mateo Kovachich keyingi mavsumni boshqa jamoada davom ettirishga yaqin turibdi.

Futbolchi boshqa jamoalardan tushayotgan takliflarni ko'rib chiqmoqda. 24 yoshli xorvatiyalikning xizmatlariga "Inter", "Roma", "Yuventus", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Oldinroq futbolchining o'zi "Real"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani uchun boshqa jamoaga o'tishini aytgandi.

Kovachich 2015 yildan buyon "Real" tarkibida harakat qilmoqda. O'sha vaqtdan buyon u Primeroning 37 uchrashuvda harakat qildi. Xorvatiyalik "Real"ga "Inter"dan 35 mln evro evaziga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS