"Real" futbolchisi Saudiya Arabistonida yiliga 15 mln evro maosh olishi mumkin

Alisher
5 apr 2025, 14:19
Lukas Vaskes "Real"ni tark etishi mumkin.

Futbolchi joriy mavsum yakunida erkin agentga aylanadi.

Unga Saudiya Arabistonidan yaxshi taklif borligi aytilmoqda. Ispaniyalik futbolchiga ko'proq "Al-Qodisiya" klubi qiziqish bildirmoqda.

Hisobotda aytilishicha, Vaskesga ikki yillik shartnoma taklif qilinmoqda. Agar u rozi bo'lsa, har mavsum uchun 15 million evrodan ko'proq maosh oladi - bu uning "Real"dagi hozirgi maoshidan ancha ko'p.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es