"Real" futbolchisi kecha jamoa safidagi 200-o'yinda maydonga tushdi

Alisher
23 sen 2019, 10:19
"Real" kecha La Liga 5-turi doirasida "Sevilya" (1:0)ga qarshi o'yin o'tkazdi.

Madridliklar tarkibida yarim himoyachi Kazemiro asosiy tarkibda maydonga tushdi.

27 yoshli braziliyalik uchun bu o'yin "Real"dagi 200-si bo'ldi.

Kazemiro "Real"ga 2013 yilda kelgan. Futbolchi "qirollik klubi"dan tashqari "San-Paulu" va "Portu" klublari sharafini himoya qilgan.

Futbolchi 2011 yildan buyon Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.ru