

Mundial davomida "qaymoqranglilar" vakillari jami 19 ta gol urdi va bu Jahon chempionatlari tarixida bir klub futbolchilari tomonidan bir turnirda qayd etilgan eng yaxshi natijaga aylandi.
Gollar mualliflari quyidagicha:
Kilian Mbappe - 8 gol
Jud Bellingem - 6 gol
Vinisius Junior - 4 gol
Arda Gyuler - 1 gol
Shu tariqa, "Real" avvalgi 18 gollik rekordni yangiladi. Bu natijaga bunga qadar 1954 yilgi Jahon chempionatida Vengriyaning "Gonved", 2014 yilda Germaniyaning "Bavariya" va 2022 yilgi mundialda Fransiyaning PSJ klublari futbolchilari erishgan edi.



