"Real" fransiyalik futbolchining transferini hal qildi. Bu haqda tez orada rasman e'lon qilinadi

Alisher
31 avg 2021, 11:17
Yarim himoyachi Eduardo Kamavinga "Renn"dan "Real"ga o'tdi.

Fabrcio Romanoning xabariga ko'ra, Madrid klubi francuz uchun 31 million evro to'laydi. Kelishuvda bonuslar ham ko'zda tutilgan.

18 yoshli xavbek tibbiy ko'rikdan o'tdi, barcha qog'ozlar imzolangan, bitim esa yopildi.

Qayd etish kerakki, ijara bo'lmaydi - "Real" Kamavingani "Renn"dan xarid qiladi. Eduardo "Manchester Yunayted" va PSJ variantlarini rad etdi va ispan klubiga o'tishni afzal ko'rdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano