"Real" "Arsenal" yetakchisi borasida so'rov yubordi

Mirjalol Normatov
13 apr 2020, 21:56
"Real" "Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyangni sotib olishni istamoqda.

"France Football" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" bu borada "Arsenal"ga so'rov yuborgan. Agarda "kanonirlar" YCHLga chiqa olmasa, forvardni sotishi mumkin bo'ladi.

Oldinroq gabonlikka "Barselona" tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.

Ushbu mavsumda 30 yoshli Obameyang "Arsenal" tarkibida 32 o'yinda qatnashdi va 20 gol urib, 1 bora assistent bo'ldi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football