"Real" 1987 yildan keyingi eng yaxshi natijasini ko'rsatmoqda

Aziz Tukhtamuradov
23 sen 2021, 08:53
"Real" La Liganing 6-turi doirasida "Malorka"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Karlo Anchelotti shogirdlari chempionatning 6 ta o'yinida 21 ta gol urishdi. Bu jamoa uchun 1987/88 yilgi mavsumdan buyon eng yaxshi natija bo'lib turibdi. O'shanda madridliklar 26 ta gol urishgandi. 

Bu yil klub safida Karim Benzema eng yaxshi natijani ko'rsatmoqda - 8 ta gol.

"Real" endi liga doirasida navbatdagi o'yinini 25 sentyabr kuni "Vilyareal"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta