Rayola "Milan"dan Donnarumma uchun 10 mln. evrolik maosh so'rayapti

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2017, 15:49
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarummaning agenti Mino Rayola rossonerlar bilan posbon va klub o'rtasidagi shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Rayola 17 yoshli darvozabon "Milan"da yiliga 10 mln. evro ishlab topishini istamoqda.

Donnarumma xitoyliklar "Milan"ni sotib olgandan so'ng kelishuvni uzaytirish niyatida. Rayola xitoyliklarning rejalari haqida qiziqmoqda.

Oldinroq rossonerlar Donnarummaga yillik maoshi 5 mln. evro bo'lgan 2022 yil shartnoma taklif qilgan edi. "Yuventus" esa Janluijiga u talab qilayotgan 10 mln. evroni berishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia