Rayola Donnarumma haqida: "Hamon "Milan" muxlislaridan uzr so'rashlarini kutayapman"

Tolibjon Qosimov
25 yanv 2020, 14:54
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma va hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola A Seriya 21-turi doirasida "Breshia" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0)dan keyin "Milan"dagi holat haqida gapirdi.

"Ibragimovichning qaytishi? U jamoa uchun eng yaxshi bo'lgan ishlarni qilishga harakat qilmoqda. Umid qilaman, uning faoliyati hech qachon yakunlanmaydi. Agar bu qachondir ro'y bersa ham, u Yevropaning eng zo'r jamoalaridan birida faoliyatini tugatadi.

Menga "Milan" loyihasi yoqmaydi. Chunki, bu butun dunyo biladigan "Milan" deb o'ylamayman. Va bu Maldini va Boban (klub boshqaruvchilari) orzu qilgan klub deb o'ylamayman. Katta ehtimol, "Xedj fond Elliott" ("Milan" xo'jayinlari) ham xuddi shunday fikrda. Men ular bilan hech qachon gaplashmaganman. Lekin, ular "Milan"ni aynan shunday ko'rishayotgan bo'lishsa, unda ularga klubni sotib oladigan mijoz topishlarini maslahat beraman.

Donnarumma? Hamon meni ayblagan va menga tahdid qilgan muxlislardan uzr so'rashlarini kutayapman. Janluijining shartnomasi yana 2 yil amalda bo'ladi. Men uni ketishi bilan bog'liq hech qanday mash-masha yaratmoqchi emasman", - deya Rayolaning so'zlarini keltirdi "Sport Italia".



A Seriya 21-turi doirasida "Breshia" bilan bahs (1:0)da 7ta seyvni amalga oshirdi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bu 20 yoshli kiper uchun joriy mavsumdagi sakkizinchi quruq o'yin.

"Milan" A Seriyada 31 ochko bilan 6-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport Italia