Ravshan Haydarov: "Bugun yigitlarga etirozim yo'q"

Narzulla Saydullayev
17 sen 2020, 20:25
Coca Cola Superliga navbatdagi turidan o'rin olgan "Surxon" - "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz uchun juda muhim uchrashuv edi. Turnir jadvalidan olib qarasak ikki jamoa uchun ham olti ochkolik o'yin bo'ldi. Kurashdik, yomon o'ynamadik. O'yinni nazorat qildik. "Qizilqum" jamoasidagi tajribali futbolchilar yaxshi himoyalanishdi. Yaqqol golga tortadigan vaziyatlar yarata olmadik, to'p ungacha bormadi.

Ko'plab standart vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Oldingi o'yinlarga qaraganda bugun yigitlarga etirozim yo'q. Vaziyatlar yaratib gol urishimiz kerak. Sekin-sekin o'zimizning o'yinimizga ega bo'lib ochko ishlaymiz ",- deydi Ravshan Haydarov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia