Ravshan Haydarov: "Bu g'alabani kecha halok bo'lgan yurtdoshlarimizning oila a'zolariga bag'ishlaymiz"

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2018, 16:24
U-23 Osiyo chempionati doirasidagi Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvidan so'ng Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.

- "Avvalo barcha o'zbekistonliklarni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Biz bu g'alabani kecha noxush voqea sabab halok bo'lgan yurtdoshlarimizning oila a'zolariga bag'ishlaymiz. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdik. Chunki biz Yaponiya to'p bilan qanday o'ynashini bilardik, shu bois ularga pressing qilgan holda to'pni olib qo'yishga harakat qildik. Biz haqli g'alabani qo'lga kiritdik va keyingi bosqichga yo'l oldik", - deydi Haydarov OFK rasmiy saytiga.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia