Rasmiy xabar: "Turon" futbolchisi "Qo'qon-1912"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2021, 19:03
"Qo'qon-1912" klubi 2022 yilgi mavsum oldidan ilk xaridni e'lon qildi.

"O'tgan mavsumni Yaypanning "Turon" jamoasida o'tkazgan Bilolxon Toshmirzaev kelgusi mavsumni "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazadi", - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati. 

Ma'lumot uchun, Toshmirzaev 2021 yilgi mavsum Superligada 23ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 2ta golli uzatma amalga oshirdi. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia