

Janubiy Koreya Futbol Assotsiatsiyasi germaniyalik Uli Shtilike bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda Koreya matbuoti xabar tarqatdi.
Shtilike 2 yil 9 oylik faoliyatdan so'ng Janubiy Koreya terma jamoasini tark etdi. Jamoa ushbu murabbiy boshchiligida 25ta g'alaba, 5ta durang va 8ta mag'lubiyat qayd etdi.
Ayni paytda Janubiy Koreya JCH-2018 saralashining "A" guruhida 13 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. O'zbekiston 12 ochko bilan uni taqib qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreya kuni kecha Qatar mehmoni bo'lib 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi.




