Rasmiy xabar. Firdavs Chakalov "Turon" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2021, 20:55
Tojikistonning eng yaxshi himoyachilaridan biri Firdavs Chakalov "Turon" safiga qo'shildi.

"O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib kelayotgan "Turon" klubimiz yozgi transferlar vaqtida tarkibni bir qator mahoratli futbolchilar bilan kuchaytirishni maqsad qilgan. Xususan bugun qanot himoyachisi, "2020 yilgi mavsumda Tojikiston chempionatining eng yaxshi himoyachisi" deb topilgan futbolchi Firdavs Chakalov rasman klubimiz bilan shartnomaga imzo chekdi.

Ma'lumot uchun Firdavs Chakalov bugunga qadar Maldiv chempionatining "Viktoriya SK", Tojikiston chempionatining "Xo'jand" klublari safida harakat qilgan qilgan. Shuningdek iqtidorli himoyachi OFK kubogi musobaqasi ishtirokchisi ham hisoblanadi",- deya xabar bermoqda "Turon" matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia