

27 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv 2023 yilga qadar amal qiladi.
Shu yerda qolishimdan va dunyoning eng yaxshi klubida faoliyatimda davom ettirishdan baxtliman. O'tgan ikki mavsum ajoyib o'tdi, – deydi Alonso.
Alonso Chelsi safida 2016 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Avvalgi shartnomasi 2021 yilda tugar edi.
Bu mavsumda himoyachi 9ta o'yinda bitta gol urdi va 2ta golli pas berdi.




