Rasman: Yozda Gvardiola "Bavariya"dan ketadi, Anchelotti yangi bosh murabbiy bo'ladi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2015, 16:49
Bavariya klubi boshqaruv raisi Karl-Xaync Rummenigge Xosep Gvardiola klub bilan shartnomasini uzaytirmasligini ma'lum qildi.

Kataloniyalik murabbiy yozda Myunxen klubini tark etadi. Bavariyada Karlo Anchelotti yangi bosh murabbiy bo'ladi.

Biz Gvardiolaga rahmat aytamiz. Xosep bilan yana sovrinlar yutamiz deb o'ylaymiz.

Anchelotti – Bavariyada ishlaydigan yana bir ajoyib murabbiy. U bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz, – deydi Rummenigge.

Anchelottining Bavariya bilan shartnomasi 3 yilga mo'ljallangan bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de