

Bugun "Paxtakor" futbol klubida rahbariyati tarkibida o'zgarishlar amalga oshirildi. Klub Vice-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Shodiev Bobur Kabulovich klub Prezidenti etib tayinlandi. Klub bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Ahmatdjonov Umid Mahamatdjanovich klub vice-prezidenti lavozimini egalladi. "Paxtakor" klubi bosh direktori etib Adisman Dmitriy Aleksandrovich tayinlandi.
Bungacha klub Prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov endilikda "Paxtakor" klubi faxriy Prezidenti xisoblanadi.



