Rasman: "Speciya"ga yangi murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
23 fev 2023
Leonardo Semplichi "Speciya" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

55 yoshli mutaxassis bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma imzolangan bo'lib, agar jamoa A Seriyadan tushib ketmasa, u avtomatik ravishda 2025 yilning 30 iyuniga qadar uzaytiriladi.

Alohida aytish joiz, Semplichi murabbiylikda yaqinda ishdan bo'shatilgan Luka Gotti o'rnini egalladi.

Italiya chempionatining 23-turidan keyin "Speciya" 19 ochko jamg'argan holda 17-o'rinda bormoqda. Shomurodov jamoasining eng yaqin taqibchisi "Verona"da esa 17 ochko bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acspezia.com