Rasman: Spalletti "Inter" bilan shartnomasini uzaytirdi
Mirjalol Normatov
14 avg 2018, 20:59
"Inter" matbuot xizmati bosh murabbiy Luchano Spalletti bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.
59 yoshli mutaxassis "Inter"da 2021 yilga qadar ishlaydi. Hozircha murabbiyning qancha maosh olishi borasidagi ma'lumot keltirilmagan. Uning oldingi shartnomasi 2019 yilda o'z yakuniga etardi.