Rasman: Shuhrat Muhammadiev "Nasaf" a'zosiga aylandi

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2023, 14:17
Tajribali himoyachi Shuhrat Muhammadiev Qarshi klubiga qaytdi.

Shuhrat Muhammadiev jamoa bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Shuhrat Muhammadiev 2013-2016 yillar "ajdarlar" bilan to'rt marotaba chempionatning bronza medallarini, bir marta O'zbekiston Kubogi va bir marta O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritgan. Shundan so'ng faoliyatini Toshkentning "Lokomotiv" va Navoiyning "Qizilqum" jamoalarida davom ettirib, yana "Nasaf"ga qaytdi.

Oldinroq "Eshitdik-da" rukni ostida uning "Nasaf"ga qaytgani haqida xabar bergandik. Bugun ushbu ma'lumot o'z tasdig'ini topdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати