Eshitdik-da! Shuhrat Muhammadiev "Nasaf"ga qaytdi

Administrator
11 yanv 2023, 00:19
Avvalroq, uning "Surxon"ga o'tishi xabar qilingandi.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, tajribali futbolchi Shuhrat Muhammadiev "Nasaf"ga qaytdi. "Nasaf" klubni yaqindagina tark etgan Dilshod Saitovning o'ng qanot himoyasidagi o'rnini o'zining sobiq futbolchisi bilan to'ldirdi. 

Ma'lumot uchun, avvalroq Shuhrat Muhammadiev "Surxon"ga o'tishi xabar qilingandi, ammo "Surxon" loyihasi barbod bo'lgach, Muhammadiev "Nasaf"ga qaytishga qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia