

Mutaxassis “Shalke” bilan 2022 yilning iyunigacha shartnoma imzoladi.
Baum 2016-2019 yillar “Augburg” ustozi sifatida faoliyat olib borgandi. Undan keyin esa Germaniya yoshlar termasida ishladi.
Eslatib o'tamiz, Bundesliga doirasida o'tgan “Bavariya” (0:8) va “Verder” (1:3)ga qarshi uchrashuvlardagi omadsizlikdan so'ng, “Shalke” rahbariyati David Vagnerni iste'foga chiqargandi.



