Rasman: "Seltik" portugaliyalik hujumchi Jotani sotib olganini ma'lum qildi

Оқил Абдубарноев
1 iyul 2022, 21:12
"Benfika" vingeri Jota o'tgan mavsumni ijara asosida o'tkazgan "Seltik" bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchi 4 yillik shartnomaga imzo chekadi. Qayd etilishicha, Shotlandiya klubi futbolchining transferi uchun taxminan 7,4 million evro to'laydi. Transfermarkt Jotani 7,5 millionga baholagan.

23 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum "Seltik" safida 40ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va 14ta golga assistentlik qilgan.

O'tgan mavsum oxirida "Seltik" Shotlandiya chempioni bo'ldi, shuningdek, Shotlandiya liga kubogini ham qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports