Rasman: Sardor Rashidov "Qatar SK" bilan shartnomasini uzaytirdi

Mirjalol Normatov
1 sen 2020, 00:58
"Qatar SK" tvitteri uch futbolchi bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, himoyachi Muhammad Salim al-Robei, yarim himoyachi Abdulaziz Odil va hujumchi Sardor Rashidov bilan shartnomalar uzaytirilgan.

Ma'lumot uchun, Rashidov o'tgan mavsumda jamoasi tarkibida 21 o'yinda qatnashdi va 5 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.

Qatar chempionatining yangi mavsumi 3 sentyabr kuni start oladi. Shu kuni "Qatar SK" safarda "Al Garafa" mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia