Eshitdik-da! "Qatar SK" Masharipov uchun 1 million dollar taklif qildi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2020, 14:49
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipovga Qatar klubidan aniq taklif keldi.

Championat.asia ma'lumotiga ko'ra, "Qatar SK" klubi Masharipovni sotib olish uchun 1 million AQSH dollari taklif qilgan.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra "Paxtakor" futbolchisi uchun 2 million dollar so'ragan.

Eslatib o'tamiz, "Qatar SK" safida o'zbekistonlik Sardor Rashidov to'p tepmoqda. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia