

Senegal terma jamoasi futbolchisi SadioMane Jahon chempionatigada ishtirok etmaydi. Bu haqida terma jamoa bosh murabbiyi ma'lum qilgan. Manening jarohati kutilganidan og'irroq bo'lib chiqdi. Endi futbolchi Qatardagi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.
Mane noyabr oyi boshida "Verder"ga qarshi o'yinda jarohatlangandi. Shunga qaramay Senegal termasidagilar uni Jahon chempionati qaydnomasiga kiritishgandi.
Ma'lumot uchun, Senegal termasi Jahon chempionatida Niderlandiya, Qatar va Ekvadorga qarshi o'ynaydi.


