Rasman: PSJ ukrainalik himoyachi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2025
PSJ matbuot xizmati "Bornmut" a'zosi Ilya Zabarniy transferi rasmiylashtirilgani haqida xabar berdi.

Parij klubiga ko'ra, Fransiyaning amaldagi chempioni va Chempionlar Ligasi sohibi 22 yoshli ukrainalik futbolch uchun 63 million evro to'ladi. "Bornmut" bonus sifatida yana 3 millionni olishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, "giloslar" 2023 yilning yanvarida Zabarniy uchun "Dinamo" Kievga 23 million evro o'tkazib bergandi.

Ilya Zabarniy o'tgan mavsum "Bornmut" tarkibida Angliya chempionatida 36 o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan, shuningdek, 4 marta sariq kartochka olgan va 1 bor maydondan chetlatilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr