Rasman: "Portu" Argentina terma jamoasi darvozaboni bilan shartnoma imzoladi

Alisher
2 avg 2019, 18:24
"Ajdarlar" argentinalik darvozabon bilan shartnoma imzolashdi.

Meksikaning "Amerika" klubi darvozaboni Agustin Marchesin 7,5 million evro evaziga "Portu"ga o'tdi. Bu haqda Portugaliya klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Shartnoma 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

31 yoshli Marchesin 2015 yildan buyon Meksikaning "Santos Laguna" va "Amerika" klublari sharafini himoya qilgan.

Darvozabon Argentina terma jamoasida 4ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcporto.pt