Rasman: Pochettino "Tottenxem" futbolchisiga aylandi

Eldor Akmurzayev
16 iyul 2019, 22:25
Tottenxem ustozi Maurisio Pochettinoning o'g'li kichik Maurisio Pochettino faoliyatida ilk bora professional shartnomaga imzo chekdi.

Kelishuvga ko'ra, 18 yoshli futbolchi londonliklarning U-23 jamoasida harakat qiladi. 

Avvalroq, u Tottenxem akademiyasining U-18 klubida o'ynab, o'tgan mavsum 23 bahsda qatnashgan holda 4ta gol urishga erishgandi. 

Kichik Pochettino, asosan, maydonda o'ng qanot vingeri sifatida faoliyat olib boradi. Biroq, u chap qanot hamda hujumning markazida ham o'ynay olishi mumkinligi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Optus Sport