Rasman: "Manchester Yunayted" klubni ikki futbolchi tark etayotganini ma'lum qildi

Eldor Akmurzayev
7 iyun 2019, 23:15
Manchester yunayted rasmiy sayti orqali rasman ikki futbolchi bilan xayrlashayotgani haqida e'lon qildi.

Shartnomasi yakuniga etgani sabab, qizil iblislarni himoyachi Antonio Valensiya hamda yarim himoyachi Ander Errera tark etadi. 

33 yoshli ekvadorlik Valensiya mankunianliklar safida 2009 yildan buyon harakat qilib kelardi. U klub safida jami 339ta bahsda maydonga tushib, 25ta gol urishga va 62ta samarali uzatmani o'z hisobiga yozib qo'yishga erishgan.

29 yoshli ispaniyalik Errera esa 2014 yilda MYUga kelib qo'shilgandi. Ander Errera jamoa libosida 189 bahsda qatnashib, 20 gol urgan holda 27 pas bergan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: manutd.com