

Biroz oldin "aristokratlar" matbuot xizmati "Napoli"da to'p tepib kelgan yarim himoyachi Jorjino bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi. 26 yoshli italiyalik londonliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va 5-raqamni oldi.

E'tiborlisi, Jorjinoning "Manchester Siti"ga o'tishiga bir qadam qolgan edi. Butun dunyo OAVlari "shaharliklar" Jorjino bilan kelishuvni tez orada e'lon qiladi deb bong urayotgan edi.






