Rasman: "Manchester Siti"ga o'tay deb turgan Jorjino "Chelsi" bilan shartnoma tuzdi

Tolibjon Qosimov
14 iyul 2018, 16:24
Londonning "Chelsi" klubi bugun Mauricio Sarri yangi bosh murabbiy bo'lganini e'lon qilgan edi.

Biroz oldin "aristokratlar" matbuot xizmati "Napoli"da to'p tepib kelgan yarim himoyachi Jorjino bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi. 26 yoshli italiyalik londonliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va 5-raqamni oldi.


E'tiborlisi, Jorjinoning "Manchester Siti"ga o'tishiga bir qadam qolgan edi. Butun dunyo OAVlari "shaharliklar" Jorjino bilan kelishuvni tez orada e'lon qiladi deb bong urayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: chelseafc.com