

Avvalroq 41 yoshli futbolchi va 32 yoshli argentinalik-ispaniyalik model hamda inflyuenserning to'yi shu dam olish kunlari Madeyrada o'tishi kerakligi xabar qilingan edi. Juftlik Funshal soborida turmush qurib, besh yulduzli "Savoy Palace" mehmonxonasidagi ziyofatga borishi kerak edi. Bu ma'lumot feyk bo'lib chiqdi.
Bugun Ronaldu va Djordjina qo'shma post e'lon qilishdi. Ular barmoqlardagi uzuklar suratini joylashtirib, unga o'z ismlarining bosh harflarini yozishdi: "C❤️G".
Eslatib o'tamiz, MYU, "Real" va "Yuventus"ning sobiq hujumchisining besh nafar farzandi bor. Uning birinchi o'g'li Krishtianu Junior 2010 yilda tug'ilgan. 2017 yil iyun oyida portugaliyalikning surrogat onadan Eva va Mateo egizaklari dunyoga kelgan. Bundan tashqari, Jorjina bilan munosabatlarda futbolchining ikki qizi – Alana Martina va Bella Emeralda tug'ilgan.



