Rasman: "Liverpul" Soboslai transferini e'lon qildi

Administrator
2 iyul 2023, 20:24
Futbolchi mersisaydliklarga 70 mln evroga tushdi.

"Liverpul" klubi "Leyptsig" a'zosi Dominik Soboslai transferini rasman e'lon qildi. Futbolchi klub bilan 2028 yilgacha shartnoma imzoladi. Vengriyalik futbolchi uchun "Liverpul" 70 mln evro sarflagani avvalroq ma'lum qilingandi. 

Ma'lumot uchun, Soboslai "Leyptsig"dagi ikki mavsumida 62 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 16 ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: liverpoolfc.com