"Liverpul" universal futbolchisi bilan muzokaralarda oldinga siljidi

Sherzod Nurmatov
20 fev 2026, 14:07
"Liverpul" Dominik Soboslai bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarda oldinga siljiyapti.

"TEAMtalk" xabariga ko'ra, "Real"ga o'tishi haqidagi gap-so'zlar davom etayotganiga qaramay, "Liverpul" bu yoz Soboslaini sotishni rejalashtirgani yo'q va pleymeyker bilan yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar yaxshi ketmoqda.

Vengriyalik yulduz "qizillar" uchun og'ir kechayotgan mavsumda ham eng barqaror va yorqin futbolchilardan biri sifatida ajoyib mavsum o'tkazmoqda.

25 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 35 o'yinda 10 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi. U hujumkor yarim himoyachi bo'lishiga qaramay, zarur paytlarda o'ng qanot himoyachisi poziciyasida ham juda yaxshi o'ynadi, bu esa Arne Slot uchun uning naqadar muhim ekanini ko'rsatadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk