Rasman: Kulushevski - “Yuventus” futbolchisi

3 yanv 2020, 08:58
“Yuventus” “Atalanta”ning istedodli futbolchisini sotib oldi.

Deyan Kulushevski uchun turinliklar “Atalanta”ga 35 mln evro to'laydigan bo'ldi. Ushbu mablag' birdaniga emas, beshga bo'lib to'lanadi.

Kulushevski 2019/20 yilgi mavsumda “Parma” safida ijara asosida o'ynab kelayotgandi.

Deyan joriy mavsum A Seriyada 17 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Ювентус” расмий сайти