Rasman: "Istiqlol" va "Andijon" Oliy ligaga chiqa olmaydi

Tolibjon Qosimov
30 okt 2017, 13:47
Ayni paytda birinchi ligada ikkinchi va uchinchi o'rinda borayotgan hamda "Cementchi"dan keyin Oliy ligaga chiqish uchun kurashayotgan "Istiqlol" va "Andijon" jamoalari Oliy ligaga chiqa olmaydigan bo'ldi.

Sababi, biroz avval O'FF keyingi yil Oliy ligada 12ta jamoa ishtirok etishini rasman e'lon qildi. Unga ko'ra, keyingi mavsum birinchi ligadan faqat g'olib bo'lgan klub yuqori ligaga chiqadi.

Bu haqda O'FF qarori haqidagi axborotda shunday deyilgan: "2018 yilgi 12 ta jamoadan iborat 3 davrali tizim ishtirokchilarini aniqlashda 2017 yilgi futbol mavsumi hamda 2018 yilgi mavsumga futbol klublarini licenziyalash yakunlari asos bo'lib xizmat qiladigan bo'ldi. Natijada, 2018 yilgi musobaqada 2017 yilda 1–11 o'rinlarni egallagan 11 jamoaga Birinchi liga musobaqalarida g'olibi bo'lgan futbol klubi qo'shiladigan bo'ldi".


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia