Rasman: Daniele De Rossi "Boka Xuniors"ga o'tish maqsadida Argentinaga tashrif buyurdi

Alisher
25 iyul 2019, 16:35
Kechagina o'z tug'ilgan kunini nishonlagan "Roma"ning sobiq yarim himoyachisi Daniele De Rossi Argentina klubiga o'tadigan bo'ldi.

U klub bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Xabar berilishicha, De Rossi Argentina klubi bilan 500 ming evrolik bitimga imzo chekadi.

35 yoshli De Rossi "Roma" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U rimliklar tarkibida 2002-2019 yillar davomida 616 o'yinda qatnashib, 63 gol urib, 54 golga assistentlik qilgandi. 

Uning Argentina klubiga o'tishida sobiq jamoadoshi Nikolas Burdisso sababchi bo'lgani aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/brfootball