Rasman: "Chelsi" Kante bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
23 noya 2018, 13:32
"Chelsi" rasmiy saytida yarim himoyachi N'Golo Kante bilan yangi shartnoma imzolangani e'lon qilindi.

Fransiyalik futbolchi va ko'klar o'rtasidagi yangi bitim 2023 yilgacha mo'ljallangan.

Kante 2016 yilning yozida 35,8 mln. evro evaziga "Lester"dan "Chelsi"ga o'tgan.

Oldinroq, Kante yangi bitim bo'yicha klub tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkinligi e'lon qilingan edi. Fransiyalikning yillik maoshi 17 mln. evroni tashkil qilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Chelseafc.com