Rasman: "Atletiko" Belgiya terma jamoa futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
31 yanv 2020, 17:25
Yarim himoyachi Yannik Ferreyra-Karrasko "Atletiko" bilan shartnoma imzoladi.

26 yoshli xavbek joriy mavsum so'nggiga qadar Madrid klubida ijara asosida o'ynaydi.

Belgiya terma jamoasi o'yinchisi 2015-2018 yillar davomida "Atletiko" sharafini himoya qilgan.

Karrasko "Atletiko"da jami 124ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol urgan.

Takidlash kerakki, futbolchi allaqachon Madrid jamoasi bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com